Konferensiyalar
Davom etmoqda
“Zamonaviy tibbiyot: innovatsiyalar, klinik tadqiqotlar va sog‘liqni saqlashning istiqbolli yo‘nalishlari”
5 sentabr 2026 — 30 sentabr 2026Toshkent, Oʻzbekiston

Konferensiya haqida
“Zamonaviy tibbiyot: innovatsiyalar, klinik tadqiqotlar va sog‘liqni saqlashning istiqbolli yo‘nalishlari” respublika konferensiyasi tibbiyot sohasidagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, innovatsion texnologiyalar va klinik yondashuvlarni muhokama qilishga bag‘ishlanadi. Konferensiya ilg‘or tajribalarni almashish, dolzarb tibbiy muammolarni tahlil qilish va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan amaliy yechimlarni muhokama qilish imkonini beradi. 📚 ILMIY YO‘NALISHLAR: 🔹 Terapiya va ichki kasalliklar 🔹 Jarrohlik va klinik tibbiyot 🔹 Pediatriya va bolalar salomatligi 🔹 Akusherlik, ginekologiya va reproduktiv salomatlik 🔹 Farmakologiya, farmatsiya va klinik tadqiqotlar 🔹 Tibbiyotda zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt
