Barcha jurnallar
Open Access

BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA YASHIL AUDITNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Mutalov Sultonbek Abduraim o‘g‘liMas'ul muallifORCID

mutalovsultonbek19@gmail.com

TDIU “Audit” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

Ulashish

Mazkur tezisda barqaror rivojlanish sharoitida yashil auditning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda yashil audit tushunchasining iqtisodiy-ekologik mazmuni, uning an’anaviy ekologik audit bilan o‘zaro bog‘liqligi, maqsadi, vazifalari, tamoyillari, obyekti va predmeti tizimlashtirilgan. Shuningdek, yashil auditning ekologik risklarni aniqlash va baholash, ekologik qonunchilik talablariga muvofiqlikni tekshirish, ekologik samaradorlikni baholash, ekologik xarajatlar va majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligini tekshirish hamda manfaatdor tomonlar uchun shaffof axborot shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot nazariy-metodologik xarakterga ega bo‘lib, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimli va konseptual yondashuv, nazariy umumlashtirish hamda metodologik sintez usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida yashil auditni faqat ekologik qonunchilikka muvofiqlikni tekshiruvchi vosita sifatida emas, balki ekologik, iqtisodiy va boshqaruv axborotlarini integratsiyalovchi kompleks nazorat mexanizmi sifatida shakllantirish zarurligi asoslangan.