Barcha jurnallar
Open Access
INGLIZ TILIDAGI NEOLOGIZMLARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA KALKALASH VA SEMANTIK TRANSPOZITSIYA USULLARI
Sitora RaimkulovaMas'ul muallif
Zamonaviy globallashuv, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va xalqaro kommunikatsiyaning kengayishi natijasida ingliz tilida yangi so‘z va iboralarning paydo bo‘lish jarayoni sezilarli darajada tezlashmoqda. Ingliz tilida yuzaga kelayotgan neologizmlar fan, texnologiya, iqtisodiyot, ommaviy axborot vositalari, internet va kundalik muloqot kabi ko‘plab sohalarda faol qo‘llanmoqda. Mazkur yangi birliklarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi esa zamonaviy tarjimashunoslikning muhim masalalaridan birini tashkil etadi.
