INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Nurmatova Go‘zalxon Voxidjon qiziMas'ul muallif
shahnoza9228@gmail.com
Qo‘qon Davlat Universiteti magistri
Mazkur tezisda inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarning ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, metod va vositalari yoritilgan. Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tengdoshlari bilan samarali muloqot qilishi, jamoada hamkorlik qilishi, o‘z fikrini erkin ifodalashi, boshqa shaxslarning fikri va individual xususiyatlarini hurmat qilishi muhim pedagogik vazifa sifatida qaraladi. Shuningdek, ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol metodlar, hamkorlikdagi faoliyat, rolli o‘yinlar va kommunikativ mashqlardan foydalanish metodikasi tahlil qilingan.
