Barcha jurnallar
Open Access

MARKAZIY OSIYODA SUV XAVFSIZLIGI VA TRANSCHEGARAVIY SUV DIPLOMATIYASI: MUSTAQILLIK YILLARIDAGI INSTITUTSIONAL EVOLYUTSIYA, IQLIM XATARLARI VA ZAMONAVIY HAMKORLIK MEXANIZMLARI

Ravshanqulov Firdavs

firdavsravshanqulov598@gmail.com

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika Universiteti Tarix fakulteti Mustaqil tadqiqtotchi

Ulashish

Maqolada Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi muammosi tabiiy iqlimiy, demografik, iqtisodiy va institutsional omillarning o‘zaro ta’siri doirasida kompleks tahlil qilinadi. Mustaqillikdan keyin transchegaraviy suvlarni boshqarish bo‘yicha shakllangan mintaqaviy institutlar, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv energetika manfaatlarining muvofiqlashtirilishi hamda O‘zbekistonning suv diplomatiyasi evolyutsiyasi tarixiy-qiyosiy yondashuv asosida yoritiladi. Iqlim o‘zgarishi, muzliklarning qisqarishi, aholi o‘sishi va sug‘orma dehqonchilikka yuqori bog‘liqlikning suv taqchilligiga ta’siri tahlil qilinib, Rog‘un, Qambarota, To‘xtag‘ul, Bahri Tojik va Tuyamo‘yin bilan bog‘liq boshqaruv masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida suv xavfsizligini ta’minlash uchun havzaviy boshqaruv, suv energetika almashinuvi, raqamli suv hisobi, ekologik oqimlar va davlatlararo ishonchni yagona boshqaruv tizimida uyg‘unlashtirish zarurligi asoslanadi.