Barcha jurnallar
Open Access

YASHIL BUXGALTERIYA HISOBINING IQTISODIY MOHIYATI VA NAZARIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mutalov Sultonbek Abduraim o‘g‘liMas'ul muallifORCID

mutalovsultonbek19@gmail.com

TDIU “Audit” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

Ulashish

Mazkur tezisda barqaror rivojlanish sharoitida yashil buxgalteriya hisobining iqtisodiy mohiyati, nazariy asoslari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Yashil buxgalteriya hisobi korxonaning iqtisodiy faoliyati bilan tabiiy muhitga ta’siri o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisob va axborot tizimida aks ettiruvchi konseptual yo‘nalish sifatida qaraladi. Tadqiqotda yashil buxgalteriya hisobining shakllanishi, ekologik xarajatlar, ekologik aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslardan foydalanish hamda ekologik axborotni boshqaruv qarorlariga integratsiya qilish masalalari tahlil qilindi. Xorijiy va O‘zbekistonlik olimlarning ilmiy yondashuvlari qiyosiy o‘rganilib, yashil buxgalteriya hisobining nazariy-metodologik bazasida mavjud muammolar aniqlandi. Tadqiqot natijasida ekologik resurslar, ekologik xarajatlar, yashil buxgalteriya axboroti va boshqaruv qarorlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalovchi konseptual yondashuv ishlab chiqildi. Shuningdek, O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish siyosati sharoitida yashil buxgalteriya hisobining nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari taklif etildi.