Barcha jurnallar
Open Access

“ZO‘RAVONLIK TAJRIBASINING BOLALARDA EMOTSIONAL HOLAT VA KOPING STRATEGIYALARIGA TA’SIRI”

Komilova Komila Inomjon qiziMas'ul muallif

Komilovakomila777@gmail.com

Toshkent shaxar chilonzor tumani 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining psixologi

Ulashish

Mazkur tezis zo‘ravonlik tajribasining bolalarning emotsional holati va koping strategiyalariga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bolalik davrida boshdan kechirilgan jismoniy, psixologik yoki boshqa shakldagi zo‘ravonlik bolaning emotsional barqarorligi, xavfsizlik hissi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va stressli vaziyatlarni yengib o‘tish usullariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda zo‘ravonlik tajribasining bolalarda xavotir, qo‘rquv, emotsional beqarorlik va ijtimoiy chekinish kabi holatlar bilan bog‘liqligi hamda ushbu holatlarning adaptiv va noadaptiv koping strategiyalarini tanlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, bolaning oilaviy muhiti, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va psixologik rezilentligi zo‘ravonlikning salbiy oqibatlarini kamaytiruvchi omillar sifatida ko‘rib chiqiladi.